Joriy yilning 6- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-950 va OʻRQ-951-son Qonunlarning mazmuni va mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari B. Maxkamov va Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova mazkur qonunlar bilan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga, Shaharsozlik kodeksiga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi va boshqa qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida gapirib oʻtdilar.