Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etgan.
Tarmoqda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 47,7 % i aloqa xizmatlari, 35,2 % i kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar, 9 % i ma’lumotlarni joylashtirish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar, web-portallar, 4,9 % i dasturiy ta’minotni chiqarish, qolgan 3,2 % i kompyuterlar va aloqa uskunalarini ta’mirlash xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.