Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yil 1- avgust holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 53 499 taga yetgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,8 % ga o‘sgan.
Ularning so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:
2020- yilda – 41 479 ta;
2021- yilda – 46 509 ta;
2022- yilda – 47 827 ta;
2023- yilda – 52 057 ta;
2024- yilda – 53 499 ta.