Yurtimizda 24-25- avgust kunlari – “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari munosabati bilan viloyatimizdagi barcha korxona va tashkilotlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham ushbu o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdilar. Daraxtlarga shakl berilib, oqlash, yer maydonlarini begona o‘t va chiqindilardan tozalash, bino ichidagi ish joylarining sanitariya-gigiyena ahvolini yanada yaxshilash kabi ishlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirdilar.
Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilgan ushbu obodonlashtirish ishlari boshqarma binosi va hovlisiga o‘zgacha ko‘rk va fayz bag‘ishladi.