Joriy yilning 23- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining 2024- yil 5- iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonunining mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari B. Maxkamov tomonidan mazkur Qonun boʻyicha “manfaatlar toʻqnashuvi”, “shaxsiy manfaatdorlik”, “yaqin qarindoshlar” kabi tushunchalar, shuningdek davlat organi xodimlari qanday huquq va majburiyatlarga egaligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.