Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O‘zbekistonda 2024- yilning 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1 000 aholiga 13 birlikni tashkil etgan.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining (har 1 000 aholiga nisbatan) eng yuqori ko‘rsatkichi:
Toshkent shahrida – 27,7 birlik;
Navoiy viloyatida – 20,1 birlik;
Jizzax viloyatida – 15,3 birlik;
Buxoro viloyatida – 15,2 birlik;
Sirdaryo viloyatida – 15,2 birlikka yetgan.