21/08/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi  37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2024-yil boshidan buyon 334,5 ming kishiga koʻpaygan.

Oʻzbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida oʻrtacha 55,7 ming kishiga oshgan.

2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga koʻpaymoqda.