Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga koʻpaygan.
Shundan:
Ayollar soni – 18 437,5 ming kishi;
Erkaklar soni – 18 696,7 ming kishi;
Shahar joylarda – 18 940,4 ming kishi;
Qishloq joylarda – 17 193,8 ming kishi.