19/08/2024

Joriy yilning 19- avgust kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B. Maxkamov Yangiyer shahrida boʻlib, shahar statistika boʻlimi registratori M. Mamasharipov bilan birgalikda, Yangiyer shahrida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4–xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvini o‘tkazdi.

Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.