Joriy yilning 19- avgust kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B. Maxkamov Yangiyer shahrida boʻlib, shahar statistika boʻlimi registratori M. Mamasharipov bilan birgalikda “Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining oziq-ovqat guruhi boʻyicha shaharda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlarida narx-navolarni oʻrgandi.
Kuzatuv jarayonida savdo obyektlaridagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.