2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarida otlar bosh soni 16,3 mingtaga yetdi.
Otlar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 10,7 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.
2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, otlar bosh sonining 28,0 % fermer xo‘jaliklari hissasiga, 65,8 % dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga hamda 6,2 % qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelishini qayd etib oʻtish lozim.