03/06/2024

2024- yilning 1- may holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni 4 096 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 32,1 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 087 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 1 084 ta

Sirdaryo tumani – 578 ta

Guliston tumani – 345 ta

Boyovut tumani – 359 ta

Yangiyer shahri – 314 ta

Sardoba tumani – 340 ta

Mirzaobod tumani – 273 ta

Sayxunobod tumani – 244 ta

Oqoltin tumani – 233 ta

Xovos tumani – 210 ta

Shirin shahri – 116 ta