27/05/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-aprel oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 14,2 % ni yoki 138,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilga nisbatan 155,5 % ga yetdi. Shundan, 114,7 mlrd. so'mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to'g'ri kelib, 2023- yilga nisbatan 187,7 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 0,4 mlrd. so'mni va 7,5 %, yakka tartibdagi turar-joylarni ta'mirlash ishlari 23,3 mlrd. so'mni va 101,6 % ni tashkil etdi.