21/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 6 204,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,4 % ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 56,3 % ni tashkil etdi.