Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida 1 263 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yosh boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:
0-18 yosh — 171,4 ming nafar;
19-30 yosh — 219,8 ming nafar;
31-55 yosh — 628,8 ming nafar;
56 yosh va undan kattalar — 243 ming nafar.