Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo aylanmasidagi ulushi 83,3 % ni tashkil etdi.
Chakana savdo aylanmasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ulushi yuqori boʻlib – 64,4 % ni tashkil etdi, kichik korxonalar va mikrofirmalar ulushi esa – 35,6 % ni tashkil etdi.