15/05/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 226 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4 576 tasi qoʻshma va 9 650 tasi xorijiy korxonalardir.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

savdo sohasida – 5 056 ta

sanoat sohasida – 3 165 ta

qurilish sohasida – 956 ta

axborot va aloqa sohasida – 917 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 527 ta

tashish va saqlash sohasida – 474 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 443 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 195 ta

boshqa sohalarda – 2 493 ta