15/05/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 32,1 % ni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 32,2 % ni tashkil etgan.

Yollanma ishchilarning daromadi bu – mehnatga haq to‘lashning yashirin (ya’ni, birlamchi va buxgalteriya hisobida aks ettirilmasdan ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar) qismini qo‘shgan holda pul va natura (tovarlar yoki xizmatlar ko‘rinishida) shaklida mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlar.