2024- yilning yanvar-mart oylarida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 4,4 %, fizik hajm indeksi 3,5 martaga ko‘payib, ishlab chiqarish hajmi 87,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Ma'lumot uchun: Kiyim ishlab chiqarish – barcha materiallardan (masalan, teri, toʻqimachilik gazlamalari, toʻqilgan va trikotaj gazlamalari va h.k.) barcha tikish mahsulotlarini (tayyor yoki alohida buyurtma boʻyicha qilingan), kiyimlarning barcha turlari (masalan, ustki kiyim, erkaklar, ayollar va bolalar uchun ichki kiyimlar, ish, ofis, kundalik yoki sport kiyimlari va h.k.) va aksessuarlarni ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.