01/05/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 12823 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 10591 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahrida – 2492 ta

Sirdaryo tumani – 1351 ta

Mirzaobod tumani – 939 ta

Boyovut tumani – 935 ta

Sardoba tumani – 866 ta

Guliston tumani – 826 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 144 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 001 ta

sanoat sohasida – 1 329 ta

qurilish sohasida – 890 ta