01/05/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 6,2 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 96,7 % ini tashkil etdi va 6,3 % ga o‘sdi.

Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 3,3 % ni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 3,6 % ga o‘sdi.