02/02/2024

Joriy yilning 2- fevral kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmuni va mohiyati to‘g‘risida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, mazkur Qonunlarning maqsadi, korrupsiyaga qarshi kurashning va davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi va boshqalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlarning ushbu qonunlar yuzasidan fikr-mulohazalari eshitilib, berilgan savollarga javoblar berildi.