Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida temir yoʻl transporti orqali 6 736,7 ming tonna neft yuklari joʻnatilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 11,6 % ga ortgan.
Maʼlumot uchun: temir yoʻl transporti orqali umumiy joʻnatilgan yuklar hajmida neft yuklarining ulushi 9,1 % ni tashkil etgan.