2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 63,5 % to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan 100,2 % ni tashkil etgan holda 2 477,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.