28/01/2024

Tuman va shaharlarda tadbirkorlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Navbatdagi o‘quv seminari joriy yilning 27- yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasi malakali xodimlari tomonidan Oqoltin tumanida tashkil etildi. O‘quv seminarlarida tadbirkorlarga yillik hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va oʻz vaqtida topshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, seminar davomida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.