26/01/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yil 1- yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 213,7 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,2 kishiga ortgan (2023- yil 1- yanvar holatiga 1 kv. km. ga 209,5 kishi to‘g‘ri kelgan).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahrida 2742,3 kishi, Yangiyer shahrida 1606,4 kishi, Shirin shahrida 1448,8 kishi, Boyovut tumanida 265,6 kishi, Sirdaryo tumanida 250,0 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar  Mirzaobod tumanida 126,5 kishi, Oqoltin tumanida 101,2 kishi, tashkil etgan.