2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 15 190,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,1 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 56,8 % ni tashkil etdi.