22/01/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 3 273,7 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining jamiga nisbatan ulushi – 62,5 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi – 35,1 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi – 2,4 % ni tashkil etgan.