Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oyida jami 88 787 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 33 477 ta
sanoat sohasida – 14 112 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 9 397 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 5 964 ta
qurilish sohasida – 4 870 ta
tashish va saqlash sohasida – 3 957 ta
axborot va aloqa sohasida – 2 935 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 1 479 ta
boshqa sohalarda – 12 596 ta