14/01/2024

Joriy yilning 12-yanvar kuni, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri bo`lib o`tdi.
Ushbu bayram tadbirida boshqarma boshlig`i U.Elmuratov ishtirok etib, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan boshqarmada ishlab kelayotgan barcha yigitlarni tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik va farovonlik tiladi. Bayram tadbiri yakunida boshqarma kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi G.Jurayeva boshqarmada ishlab kelayotgan barcha xotin-qizlar nomidan yigitlarga tabrik so‘zini aytib, kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladi va boshqarma kasaba uyushmasi qo`mitasi tomonidan barcha yigitlarga bayram estalik sovg`alari topshirildi.