Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 420 786 mlrd. soʻmga yetdi.
Bozor xizmatlarining nominal hajmi 91 453,9 mlrd. soʻmga oshib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 113,6 % ni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha hajmi, mlrd. soʻmda:
Savdo xizmatlari – 98 666,1;
Moliyaviy xizmatlar – 96 565,1;
Transport xizmatlari – 96 304,1;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 29 024,2;
Taʼlim sohasidagi xizmatlar – 18 159,8;
Boshqa xizmatlar – 17 858;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 15 844;
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – 10 851,9;
Shaxsiy xizmatlar – 9 845,3;
Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 7 655,4;
Meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 6 986,8;
Ijara xizmatlari – 6 709,6;
Kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar – 6 315,7.