11/01/2024

    Joriy yilning 11-yanvar kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Yaxyayev hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O. Xazratqulovlar tomonidan hududlarda kadastr hujjatlari mavjud bo‘lmagan “Yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari”ni sifatli tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuman va shahar statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

    Seminar davomida ushbu kuzatuv savolnomani o‘tkazishning maqsadi va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tushuncha hamda ko‘rsatmalar berildi. Tuman va shahar statistika bo‘limi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.