2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida, tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2482,0 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 109,3 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 19,4 % ni tashkil etdi.