2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 12 794,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,0 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 56,4 % ni tashkil etdi.