Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar- sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 283 340,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar- sentabriga nisbatan 3,7 %ga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi tegishli davrda:
2021-yilning yanvar-sentabrida 214 974,3 mlrd. soʻm
2022-yilning yanvar-sentabrida 241 128,6 mlrd. soʻm