15/12/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-oktabr holatiga koʻra, respublikada qoʻy va echkilarning umumiy bosh soni 23 850,7 ming boshga yetgan.

Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,3 %ni tashkil etgan.

Qoʻy va echkilar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (20,8 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

Shu bilan birga, Samarqand (10,8 %) va Surxondaryo (10,7 %) viloyatlarida ham qoʻy va echkilar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.