Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil yanvar- sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 8 786,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 2,5 %ga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsuloti (xizmat) hajmi tegishli davrda:
2021-yilning yanvar- sentabrida 7 304,7 mlrd. so‘m
2022-yilning yanvar- sentabrida 7 915,5 mlrd. so‘m