Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 1 612,4 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Qirgʻiz Respublikasiga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.
2023-yilning 10 oyida Oʻzbekistondan Qirgʻiz Respublikasiga turistik maqsadlarda safar qilgan respublikamiz fuqarolarining asosiy safar maqsadlari:
qarindoshlarni yoʻqlash – 1 570,9 ming nafar;
dam olish – 19,7 ming nafar;
davolanish – 16,5 ming nafar;
boshqa maqsadlarda – 5,3 ming nafar.