12/12/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 790 739,2 mln. soʻmni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 23,6 %ga oshgan.

Turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi tarkibida Toshkent shahrining ulushi 74,1 %ni tashkil etdi.