Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 4 652,6 ming nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Oʻzbekistonga 10 oyda qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida tashrif buyurgan eng koʻp davlatlar fuqarolari:
Tojikiston – 1 659,2 ming nafar
Qirgʻiz Respublikasi – 1 379,2 ming nafar
Qozogʻiston – 1 101,6 ming nafar
Rossiya – 406,6 ming nafar
Turkiya – 41,5 ming nafar
Turkmaniston - 7,4 ming nafar
Janubiy Koreya – 6,5 ming nafar
Ukraina – 5,7 ming nafar
Ozarbayjon– 5,5 ming nafar
Belorussiya – 5,4 ming nafar