Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 5 545,3 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
2023 yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
qarindoshlarni yoʻqlash — 4 652,6 ming kishi;
boʻsh vaqt va dam olish — 659,9 ming kishi;
xizmat yuzasidan — 115,9 ming kishi;
davolanish — 50,3 ming kishi;
tijorat — 51,9 ming kishi;
oʻqish maqsadida — 14,7 ming kishi.