Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 11 ta davlatga qiymati 16,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 79,9 ming tonna qovun eksport qilgan.
Qovun eksporti hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 16,8 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston 2023-yilning 6 oyida eng koʻp qovun eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 35,7 ming tonna
Rossiya – 29,3 ming tonna
Qirgʻiz R. – 12,6 ming tonna
Belarus – 1,3 ming tonna
Tojikiston – 664 tonna
Mongoliya – 143 tonna