24/07/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSH dollariga yoki 19,4 % ga oshgan.

6 oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 12,1 mlrd AQSH dollari va import 17,0 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jahonning 183 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.