2023-yilning yanvar-may oylarida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 139,6 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022- yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 125,0 % ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2022- yilning yanvar-may oylarida ushbu xizmat turi hajmi 109,7 mlrd. so‘m yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,7 % ga teng bo‘lgan. O‘sish sur’ati esa 123,2 % ni tashkil etgan.