2023-yilning 1-iyun holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13 745 tani tashkil etib, 84,1 foizini (11 560 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 3 436 ta
Sirdaryo tumani – 1 641 ta
Mirzaobod tumani – 1 248 ta
Boyovut tumani – 1 170 ta
Sayxunobod tumani – 1 100 ta
Guliston tumani – 1 057 ta
Sardoba tumani – 998 ta
Oqoltin tumani – 931 ta
Yangiyer shahri – 944 ta
Xovos tumani – 850 ta
Shirin shahri – 370 ta