Sirdaryo viloyati 1963- yil 16- fevral kuni tashkil topgan. Umumiy yer maydoni 4276,2 km² boʻlgan viloyat tarkibiga 3 ta (Guliston, Yangiyer, Shirin) shaharlari va 8 ta (Boyovut, Guliston, Oqoltin, Mirzaobod, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos) tumanlari kiradi.

Sirdaryo viloyatining 2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:

Aholi soni - 914027 kishi

Erkaklar soni – 459092 kishi

Ayollar soni – 454935 kishi

 Shahar aholisi – 393499 kishi

 Qishloq aholisi – 520528 kishi

Nikohlar soni – 7212 ta

Ajrimlar soni – 1582 ta

Tug‘ilish soni – 23229 kishi

O'limlar soni – 4644 ta

 

Tashqi migratsiya 

Ko‘chib kelganlar – 6589 kishi

Ko‘chib ketganlar – 7739 kishi

Ushbu bayram munosabati bilan barcha Sirdaryo ahliga samimiy tabrigimizni yoʻllaymiz. Bayramingiz muborak boʻlsin!