Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida O’zbekiston Respublikasida 25,1 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Ulardan 2,0 trln. so‘m O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar, 21,7 trln. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar, 1,4 trln. so‘m boshqa xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi.