Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi xodimlari tomonidan uy xoʻjaliklari tanlovini amalga oshirish ushun zarur boʻlgan maʻlumotlarni tayyorlash, soʻrovnomalarni va boshqa soʻrov hujjatlari boʻyicha birlamchi statistika maʻlumotlarini yigʻish, ularning nazorati va tahlil qilish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 30-yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Maxkamov uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida Oqoltin tumani Yangi O‘zbekiston MFYga borib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egasi bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi.