2024- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,6 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 163,6 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 15,7 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

Ichimliklar ishlab chiqarish – spirtsiz ichimliklar va mineral suvlarni ishlab chiqarishni, spirtli ichimliklarni ishlab chiqarishni, asosan fermentatsiya metodi orqali; pivo va vino, shuningdek, distillangan alkogol ichimliklar ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.