26/10/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 6,7 % ni yoki 178,8 mlrd. so'mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 93,2 % ni tashkil etdi. Shundan 88,1 mlrd. so'mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to'g'ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 84,1 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 6,8 mlrd. so'mni va 90,7 % ni, yakka tartibdagi turar-joylarni ta'mirlash ishlari 83,9 mlrd. so'mni va 105,2 % ni tashkil etdi.